insurez
22-10-2025 12:28

Obod maskan, fayzli hayot — hammasi bizdan boshlanadi


Yurtimiz bo‘ylab “Tozalik va ozodalik” oyligi doirasida obodonlashtirish va bunyodkorlik ishlari keng ko‘lamda davom etmoqda.
Bu ezgu tashabbus — xalqimizning yurtga bo‘lgan mehr-muhabbati, ko‘rkam va ozoda maskanda yashash istagini ifodalaydi.

Nurobod tumanida ham oylik doirasidagi ishlar faol olib borilmoqda.
Tuman obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari erta tongdan ko‘chalar, xiyobonlar va jamoat joylarini tartibga keltirib, chiqindilarni yig‘ish, tashish va utilizatsiya qilish ishlarini amalga oshirmoqda.

Ko‘chalar xazonlardan tozalanib, to‘plangan chiqindilar maxsus texnikalar yordamida olib chiqib ketilmoqda. 

Aziz nurobodliklar! 

Har birimiz o‘z mahallamiz va ko‘chamiz tozaligiga e’tiborli bo‘laylik, chiqindilarni belgilangan joylarga tashlaylik va atrof-muhitni asraylik!
Keling, yurtimiz obodonligi, tumanimiz ozodaligi uchun birgalikda harakat qilaylik!

Teglar
- -