Nurobodlik polvonlar faxrli o‘rinlarni egallashdi
Samarqand shahrida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida sportning “Milliy kurash” turi bo‘yicha “Bosh prokuror kubogi” musobaqasining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Musobaqada viloyatning barcha hududlaridan yigitlar ishtirok etib, o‘z salohiyatlari va mahoratlarini sinovdan o‘tkazishdi. Yakuniy natijalarga ko‘ra, Nurobod tumanidan ishtirok etgan polvonlar yuqori natijalar bilan ajralib turishdi.
Jumladan, “Mehnatkash” mahallasidan 90 kg vazn toifasida Avg‘onov O‘tkir Ulug‘bek o‘g‘li, “Sazag‘an” mahallasidan 90+ kg vazn toifasida Suyunboyev Sardor Azamatovichlar faxrli 2-o‘rinni egallashdi.
Shuningdek, quyidagi polvonlar 1-o‘rinni qo‘lga kiritib, Respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritishdi:
“O‘rtabuz” mahallasidan 73 kg vazn toifasida Amonov Orzubek Chingiz o‘g‘li,
“Nurdum” mahallasidan 81 kg vazn toifasida Olimov Asadullo Jamoliddin o‘g‘li.
Barcha polvonlarga omad va zafarlar tilab qolamiz!