insurez
13-10-2025 14:30

Nuroboddagi maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalar ovqatlanishi masalasi muhokama qilindi


Bugun Nurobod tumanidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarning sog‘lom va sifatli ovqatlanishini ta’minlash masalalariga bag'ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.

Tadbirda tuman hokimligi mas'ullari, maktabgacha ta’lim tashkilotlari rahbarlari va hamshiralar ishtirok etishdi. Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi tuman bo‘limi xodimlari tomonidan sog‘lom ovqatlanishning gigiyenik talablari, ovqat tayyorlash jarayonida xavfsizlik qoidalariga qat'iy amal qilish, oziq-ovqat mahsulotlarining sifatini nazorat qilish bo‘yicha batafsil tushuntirishlar berildi.

Bolalarni to‘g‘ri ovqatlantirish, sanitariya-gigiyena qoidalariga qat’iy rioya etish, oziq-ovqat mahsulotlarining sifatini muntazam tekshirib borish zarurligi ta’kidlandi.

Yig‘ilish yakunida mas’ullarga vazifalarni o‘z vaqtida bajarish, bolalar sog‘lig‘ini saqlashda yuqori mas’uliyat bilan yondashish belgilandi.

Teglar
- -