insurez
22-10-2025 20:39

Nurobodda  "Zulfiya nomidagi davlat mukofoti" tanlovining tuman bosqichi o'tkazildi


Bugun Nurobod tumani 18-son bolalar musiqa va san’at maktabida "Zulfiya nomidagi davlat mukofoti" tanlovining tuman bosqichi bo'lib o'tdi.

Tadbirni tuman hokimining oila va xotin-qizlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Z.Sadinova kirish so'zi bilan ochib berib, ishtirokchilarga omad va muvaffaqiyat tiladi.

Tanlovda tuman mahallalaridan kelgan eng zukko va faol o'quvchi qizlar adabiyot, ilm-fan, sport, san'at, jamoatchilik va boshqa yo'nalishlarda o'z iqtidorini namoyon etishdi.

Hakamlar hay'ati  tomonidan har bir nomzodning erishgan yutuqlari va ijdoiy chiqishlari batafsil tahlil etilib, yakunda g'olibalikni qo'lga kiritgan qizlar tanlovning viloyat bosqichida ishtirok etish huquqini qo'lga kiritishdi.

Teglar
- -