Nurobodda Xitoylik ishbilarmonlar bilan hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi
Bugun Nurobod tumani hokimi M.Buranov va Xitoydan tashrif buyurgan ishbilarmon doiralar vakillari o‘rtasida muhim iqtisodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Samimiy va ochiq ruhda kechgan muzokaralar davomida tomonlar o‘zaro manfaatli hamkorlik yo‘nalishlarini belgilab oldilar.
Uchrashuvda qishloq xo‘jaligi, sanoat va turizm sohalarini rivojlantirish, zamonaviy texnologiyalarni jalb etish va investitsion loyihalarni hayotga tatbiq etish masalalari batafsil muhokama qilindi.
Tuman rahbari investorlarga tuman iqtisodiy salohiyati, tabiiy resurslari va qo‘shimcha qiymat yaratuvchi loyihalar uchun mavjud imkoniyatlar haqida ma’lumotlar berdi.
Xitoylik delegatsiya a’zolari esa o‘z navbatida, o‘zbek-xitoy savdo-iqtisodiy aloqalarining tobora mustahkamlanib borayotganligini mamnuniyat bilan qayd etib, investorlar tomonidan o'z kompaniyalarining ish-faoliyatiga oid videolavhalari namoyish etildi.
Muzokaralar yakunida tomonlar hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha dastlabki kelishuvlarga erishdi. Bu esa kelgusida tumanda yangi ish o‘rinlari yaratish, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish va eksport salohiyatini oshirishga xizmat qilishi kutilmoqda.
Mazkur uchrashuv Nurobod tumanining xorijiy investorlar uchun ochiqligi va hamkorlikka tayyorligini yana bir bor namoyon etdi.