insurez
03-12-2025 16:27

Nurobodda Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi


Bugun Nurobod tumanida 3-dekabr — Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan ezgu maqsadlarga yo‘naltirilgan bayram tadbiri o‘tkazildi.
Tadbir tuman hokimligi, tuman “Nuroniylar” jamg‘armasi hamda “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi hamkorligida tashkil etilib, nogironligi bo‘lgan fuqarolar uchun bayram dasturxoni yozildi.

Tadbirda nogironligi bo‘lgan fuqarolar, ularning oila a’zolari, nuroniylar va jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar.
Mas`ullar tomonidan yurtimizda nogironligi bo‘lgan fuqarolarning ijtimoiy hayotda faol ishtirok etishi, ularning bandligini ta’minlash, ehtiyojlarini o‘z vaqtida qondirish borasida amalga oshirilayotgan ezgu ishlar, yaratilayotgan imtiyozlar va imkoniyatlar haqida batafsil tushunchalar berildi.

Bayram dasturxonida mahalliy san’atkorlar tomonidan ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar barcha uchun xushkayfiyat bag'ishladi. Tadbir ishtirokchilariga bayramona kayfiyat ulashdi, ularning jamiyatdagi o‘rni va qadr-qimmati yana bir bor e’zozlandi.

Teglar
- -