Nurobodda turizm salohiyatini oshirish masalalari muhokama qilindi
Bugun Respublika ishchi guruhi hamda tuman hokimining birinchi o‘rinbosari R.Ibragimov boshchiligida tumanda turizm infratuzilmasini rivojlantirish, aholi hamda mehmonlar uchun qulay sharoitlar yaratish masalalariga bag‘ishlangan muhokama yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda tuman markazidagi ko‘l bo‘yida “Master reja” asosida zamonaviy sayilgoh barpo etish, Nurbuloq shaharchasida “Master reja” asosida zamonaviy sayilgoh, shuningdek, “Kattaqo‘rg‘on” suv ombori bo‘yida ekoturizm majmuasi barpo etish, Mehnatkash mahalla fuqarolar yig‘ini hududi hamda “Hazrati Dovud” ziyoratgohi atrofida sayyohlar uchun qo‘shimcha qulayliklar yaratish va turizm obyektlarini rivojlantirish bo‘yicha loyihalar muhokama qilindi.
Muhokama jarayonida ushbu loyihalarni amalga oshirish orqali tumanning turizm salohiyatini yanada yuksaltirish, yangi ish o‘rinlari yaratish va hudud iqtisodiy faolligini oshirishga qaratilgan topshiriqlar berildi.




