Nurobodda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan navbatdagi qabul bo‘lib o‘tdi
Bugun Nurobod tumani hokimligida navbatdagi tadbirkorlar qabuli o‘tkazildi. Qabulda tuman hokimi M.Buranov tadbirkorlar bilan muloqot olib borib, ularning faoliyati davomida yuzaga kelayotgan muammolar, taklif hamda tashabbuslarini tingladi.
Qabul davomida tadbirkorlar tomonidan xususiy ta'lim muassasasi ochish, turizm maskanlarida sayyohlarga xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash, xususiy tibbiy klinika tashkil etish, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish uchun kredit mablag‘lari ajratish va boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha murojaatlar bildirildi.
Tuman rahbari barcha murojaatlarni atroflicha o‘rganib, ularni amaldagi qonunchilik doirasida hal etish hamda tadbirkorlik subyektlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanligini ta’kidladi.
Uchrashuv yakunida har bir murojaat yuzasidan tegishli tashkilot va idoralarga aniq topshiriqlar berildi.
Bildirilgan masalalarning o‘z vaqtida va sifatli ijrosini ta’minlash alohida nazoratga olindi.




