Nurobodda “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi: tashabbuslar qo‘llab-quvvatlanib, bandlik va profilaktika masalalari muhokama qilindi
Bugun Nurobod tumani hokimi M.Buranov, tuman prokurori J.Abdixakimov hamda tuman IIB boshlig‘i S.Sharipov ishtirokida tuman yoshlari bilan navbatdagi “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida rahbarlar yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning ijtimoiy faolligini oshirish, bandligini ta’minlash hamda huquqiy madaniyatini yuksaltirish masalalari doimiy e’tibor markazida ekanini ta’kidlab, yoshlar bilan ochiq va samimiy muloqot olib bordi.
Tadbir davomida yoshlar tomonidan kasbga yo‘naltirish va bandlikni ta’minlash, tadbirkorlik faoliyatini boshlashga ko‘maklashish, o‘quv kurslari va malaka oshirish imkoniyatlarini kengaytirish, sport, madaniyat va bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etish, mahallalarda yoshlar bilan ishlashni kuchaytirish
kabi masalalar yuzasidan tashabbus va takliflar bildirildi.
Bildirilgan taklif va tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash, yoshlar faoliyati davomida uchrayotgan muammolarni ijobiy hal etish bo‘yicha soha mas’ullariga topshiriqlar berilib, tegishli chora-tadbirlar belgilandi.
Uchrashuvning muhim yo‘nalishlaridan biri sifatida yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, profilaktika ishlarini kuchaytirish masalalari ham muhokama qilindi.
Mutasaddilar tomonidan huquqbuzarliklarning sabablari va oqibatlari, ijtimoiy tarmoqlardagi turli salbiy ta’sirlar, giyohvandlik, bezorilik, o‘g‘irlik, firibgarlik kabi holatlarning jamiyat va kelajak uchun zararli oqibatlari bo‘yicha hayotiy misollar asosida tushuntirishlar berildi.
Tadbir yakunida ishsiz va band bo‘lmagan yoshlar uchun “Bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi” tashkil etildi. Yarmarkada turli tashkilot va korxonalardagi mavjud ish o‘rinlari hamda kasb-hunar yo‘nalishlari haqida ma’lumotlar taqdim etilib, ishsiz yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan yo‘nalish bo‘yicha ish o‘rni topish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.




