Nurobodda pillachilik bilan shug‘ullanayotgan ayollar faoliyati qo'llab-quvvatlanmoqda
Nurobod tumanida halol mehnati, peshona teri va mehnatkashligi bilan baxtini topayotgan ayollar ko'pchilikni tashkil etadi. Ular orasida pillachilik sohasida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar ham anchagina.
Bugun tuman hokimining oila va xotin-qizlar masalalari bo'yicha o'rinbosari I. Haqqulova "Ulus" mahallasida yashovchi, pillachilik bilan shug'ullanayotgan ayollar xonadoniga tashrif buyurib, ularning mehnat faoliyati bilan yaqindan tanishdi hamda zarur suhbatlar olib bordi.
Suhbat davomida I. Haqqulova ayollarni astoydil mehnat qilishga undab, pillachilik sohasini rivojlantirish bo‘yicha mavjud imkoniyatlardan yanada samarali foydalanish zarurligini ta'kidladi. Shuningdek, bu yo'lda barcha kerakli ko'mak va yordamlar berilishini alohida qayd etdi.