Nurobodda Oʻzbekiston Qizil Yarim Oy Jamiyatining 100 yilligi nishonlandi
Bugun Nurobod tumani 18-son bolalar musiqa va san’at maktabida Oʻzbekiston Qizil Yarim Oy Jamiyatining 100 yilligi keng nishonlandi.
Tadbirda Oʻzbekiston Qizil Yarim Oy Jamiyati viloyat va tuman tashkilotlari raislari, tumandagi korxona va tashkilot rahbarlari va xodimlari, yoshlar ishtirok etishdi.
Tadbir dasturi doirasida tumandagi ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslar holidan xabar olinib, ularga maxsus bayram sovg‘alar topshirildi.
Shuningdek, tumandagi hamkor tashkilotlar va mas’ullarga Oʻzbekiston Qizil Yarim Oy Jamiyati Samarqand viloyati tashkiloti raisi M.Aripova tomonidan tashakkurnoma va esdalik sovg'alari berildi.
Oʻzbekiston Qizil Yarim Oy Jamiyati 100 yillik yubileyida insonparvarlik, tinchlik va yordamga muhtojlarga ko‘rsatiladigan e’tibor hamda hamkorlik yana bir bor qadrlandi.




