Nurobodda Oliy Majlis Qonunchillik palatasi deputatlari o'rganishlar olib bormoqda
Bugun Nurobod tumani hokimligida O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari Sh.Tuxtashev va D.Husanovlar hamda tuman hokimi S.Berdiqulovlar ishtirokida yig'ilish bo'lib o'tdi.
Yig'ilishda tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi farovonligini ta'minlash va ularga ko'rsatilayotgan xizmatlar sifatini yanada oshirish masalalari muhokama etildi.
Yig'ilishdan so'ng, deputatlar tumandagi ijtimoiy soha obyektlari, jumladan, tuman tibbiyot birlashmasida bo'lib, birlashmada bemorlarga ko'rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati, tibbiyot sohasini raqamlashtirish borasidagi ishlar holati va birlashma uchun qo'shimimcha bino qurish ishlarining borishi bilan tanishishdi.
Yakunda ko'rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati va ko'lamini yanada oshirish, aholi uchun qo'shimcha qulaylik va sharoitlar yaratish yuzasidan kerakli chora-tadbirlar belgilandi.