insurez
24-10-2025 17:38

Nurobodda obodonlashtirish-bunyodkorlik ishlari davom etmoqda


Yurtimiz bo‘ylab e’lon qilingan “Tozalik va ozodalik” oyligi doirasida barcha hududlarda obodonlashtirish va bunyodkorlik ishlari keng ko‘lamda olib borilmoqda. 

Nurobod tumanida ham mazkur oylik doirasida turli soha vakillari, xususan, tuman obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari, mahalla faollari, yoshlar va keng jamoatchilik vakillari faol ishtirok etmoqda.

Erta tongdan boshlab ko‘chalar, yo‘l yoqalari, xiyobonlar, jamoat binolari atrofi va qabristonlar hududi tartibga keltirilmoqda. Chiqindilar yig‘ilib, texnikalar yordamida tashib ketilmoqda. 
Daraxtlar taglari tozalanib, ko‘chatlar parvarish qilinmoqda, faslga mos gullar ekilmoqda.

Shuningdek, aholining yashash maskanlarini obod qilish, yo‘l yoqalarini saranjom-sarishta saqlash, turli chiqindilarni belgilangan joylarga tashlash bo‘yicha targ‘ibot-tashviqot ishlari ham tashkil etilmoqda.

Teglar
- -