Nurobodda navbatdagi fuqarolar qabuli o‘tkazildi
Bugun Nurobod tumani Xalq qabulxonasida navbatdagi fuqarolar qabuli bo‘lib o‘tdi. Unda tuman hokimi o‘rinbosarlari, tumandagi korxona va tashkilotlar rahbarlari, fuqarolar hamda yoshlar ishtirok etishdi.
Qabul davomida aholi tomonidan bir qator muhim masalalar ko‘tarildi. Jumladan, elektr energiyasi ta’minoti, bandlik va ish o‘rinlari yaratish, ta’lim krediti, obodonlashtirish ishlari, tabiiy gaz yetkazib berilishi, kadastr hujjatlari, kredit olish, tibbiy xizmat sifati va boshqa turli yo‘nalishlardagi murojaatlar tinglandi.
Mutasaddi rahbarlar tomonidan murojaatlar bo‘yicha joyida tegishli tushuntirishlar berilib, ayrim masalalar esa o‘rganish uchun mas’ullar zimmasiga yuklatildi.




