insurez
28-01-2025 14:44

Nurobodda Mahallalarni qo‘llab-quvvatlash Kengashi yig'ilishi o'tkazildi


Bugun Nurobod tumani hokimligida Mahallalarni qo‘llab-quvvatlash Kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Unda Kengash a'zolari, sektor rahbarlari hamda mas'ul tashkilotlar vakillari ishtirok etishdi.

Yig'ilishda Muhtaram Prezidentimizning 2025-yil 3-yanvardagi “Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-1-sonli Qarori, 2024-yil 30-dekabrdagi PQ-465-sonli Qarorining tumandagi ijrosini ta'minlash, mahallalarda yashil energiyadan samarali foydalanishni tashkil etish, “Yashil makon” loyihasi doirasida mevali-manzarali ko‘chat ekish ishlariga tayyorgarlik holati hamda aholi xonadonlariga quyosh panellari o‘rnatish yuzasidan amalga oshirilgan ishlar atroflicha tahlil qilindi.

Yig'ilish davomida o'tgan davrda qilingan ishlar yuzasidan mas'ullarning hisoboti tinglanib, mahallalarda “Obod xonadon - obod ko‘cha - obod mahalla” mezonlarini joriy qilish bo'yicha mutasaddilarga tegishli vazifa va topshiriqlar berildi.

Teglar
- -