Nurobodda “Kunduzgi parvarish” xizmati ish boshladi
Nurobod tumani Amir Temur mahallasida nogironligi bo‘lgan bolalar uchun mo‘ljallangan “Kunduzgi parvarish” xizmati maskani o'z faoliyatini boshladi.
Tadbirda tuman hokimi o'rinbosari S.Xujamiyarov, ijtimoiy xizmat mas'ullari, nuroniylar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.
Ushbu markaz bolalarning rivojlanishi, ijtimoiylashuvi va ta’limga tayyorgarligiga ko‘maklashishga qaratilgan bo‘lib, 1 guruhda 4 nafardan 9 nafargacha bolaga xizmat ko‘rsatish imkoniyatiga ega. Shu bilan birga, mahalliy aholi uchun 2 ta yangi ish o‘rni yaratildi.
Mazkur muassasada malakali mutaxassislar tomonidan gidrovanna, umumiy va logomassaj, logoped, surdo pedagog, defektolog, o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish, umumiy mehnat va musiqa darslari, ipoterapiya kabi 12 turdagi xizmatlar faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.