insurez
27-06-2025 12:01

Nurobodda ishsizlikni kamaytirish bo‘yicha ochiq muloqot tashkil etildi


Bugun Nurobod tumani hokimi M.Buranov rahbarligida aholini ish bilan ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirishga qaratilgan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Migratsiya agentligi viloyat filiali rahbari L.Ibragimov, tumanda faoliyat yuritayotgan yetakchi xorijiy kompaniyalar vakillari hamda bo‘sh ish o‘rinlariga ega yirik korxonalar mas’ullari ishtirok etdi.

Ochiq muloqot davomida ishsiz fuqarolarning bandligini ta’minlash, ularning kasbiy ko‘nikmalarini oshirish, munosib mehnat sharoitlariga ega ish joylariga joylashtirish masalalari muhokama qilindi. Korxona va tashkilot vakillari o‘zlarining mavjud ish o‘rinlari, ish haqi va ish sharoitlari haqida ma’lumot berdilar.

Tuman rahbari tadbir ishtirokchilari bilan bevosita muloqotda bo‘lib, fuqarolarning murojaat va takliflarini tingladi. Ishsizlikni kamaytirish va kambag‘allikni qisqartirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlarning ahamiyati ta’kidlandi.

Teglar
- -