insurez
01-12-2025 10:18

Nurobodda ekologik muhitni yaxshilash bo‘yicha amaliy ishlar olib borilmoqda


Bugun erta tongdan Nurobod tumanining markaziy ko‘chalarida maxsus texnikalar yordamida ko‘chalarga suv sepish, changni kamaytirish, daraxt va ko‘kalamzorlarni yuvish kabi ishlar amalga oshirilmoqda. Ushbu amaliy tadbirlar nafaqat shahar manzarasini chiroyli va obod qiladi, balki ekologik muhitni yaxshilashga ham katta hissa qo‘shadi.

Muntazam tashkil etilayotgan ekologik tadbirlar aholining hayot sifatini oshirish, havo sifatini yaxshilash va tuman bo‘ylab yashil hududlarni saqlashda muhim rol o‘ynaydi.

Nurobod ahli uchun bu nafaqat ko‘rkam ko‘chalar, balki toza va sog‘lom hayot demakdir.

Teglar
- -