Nurobodda donorlik aksiyasi davom etmoqda
Bugun erta tongdan Nurobod tumani tibbiyot birlashmasida viloyat Qon quyish markazining sayyor guruhi tomonidan “Qon bu – hayot” hamda “Bor mehrimiz senga, bolajon!” aksiyasi o‘tkazilmoqda.
Aksiyaga tumanning turli hududlaridan fuqarolar, tuman hokimligi jamoasi, tumandagi korxona va tashkilot xodimlari faol ishtirok etishmoqda.
Tadbirning maqsadi — bemorlarga, ayniqsa bolalarga zarur bo‘lgan qon zaxirasini to‘ldirishdir. Har bir topshirilgan qon tomchisi inson hayotini saqlab qolishi mumkin.
Aksiya kun davomida mutlaqo bepul amalga oshiriladi. Donor sifatida 18 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan fuqarolar qatnashishi mumkin.
O‘zingiz bilan fuqarolik pasporti olib kelishingiz zarur.
Hurmatli tumandoshlar!
“Qon bu – hayot” aksiyasida faol ishtirok eting.




