Nurobodda diniy-ma’rifiy targ‘ibot tadbirlari bo‘lib o‘tdi
Bugun Nurobod tumani 18-son Bolalar musiqa va san’at maktabi hamda 1-son politexnikumida diniy-ma’rifiy targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi.
Tadbirda tuman hokimligi, korxona va tashkilotlar rahbarlari, ta’lim va tibbiyot tizimi xodimlari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.
Imom Al-Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi xodimi Otabek Baxriyev “Jaholatga qarshi – ma’rifat bilan” shiori ostida mutaassiblik va radikalizmning salbiy oqibatlari, ularni oldini olish yo‘llari haqida ma’ruza qildi.
Shuningdek, mamlakatimizda fuqarolarning vijdon erkinligi va diniy e’tiqodiga hurmat davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi ekani alohida ta’kidlandi.
Uchrashuv davomida ishtirokchilar qiziqtirgan savollariga javob olib, diniy-ma’rifiy bilimlarini yanada boyitishdi.