insurez
27-06-2025 12:53

Nurobodda "Bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi" tashkil etildi


Avval xabar berganimizdek, bugun Nurobod tumanida aholini ish bilan ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish maqsadida ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tadbirning davomi sifatida tumanda faoliyat yuritayotgan yetakchi xorijiy kompaniyalar, bo‘sh ish o‘rinlariga ega yirik sanoat korxonalari hamda mahalliy tashkilotlar ishtirokida "Bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi" tashkil etildi.

Yarmarka davomida fuqarolarga mavjud bo‘sh ish o‘rinlari, ish sharoitlari, to‘lov miqdorlari haqida batafsil ma’lumotlar taqdim etildi. Korxona va tashkilot vakillari tomonidan joyida suhbatlar o‘tkazilib, bir qator fuqarolar ishga qabul qilish uchun saralab olindi.

Tadbir ishtirokchilari o‘z kasbiy yo‘nalishlari bo‘yicha zaruriy tavsiyalar oldilar, malaka oshirish va qayta tayyorlash kurslariga yo‘llanmalar berildi.

Teglar
- -