Nurobodda Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligiga bag'ishlangan bayram tadbiri bo'lib o'tdi
Bugun Nurobod tumani 18-son bolalar musiqa va sanʼat maktabida so'z mulkining sultoni, Mir Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligi munosabati bilan bayram tadbiri o'tkazildi.
Ushbu tadbir tuman hokimligi, Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi tuman bo'linmasi hamda tuman MMTB ga qarashli 1-umumiy o'rta ta'lim maktabi hamkorligida tashkil etildi.
Bayram tadbiri avvalida tuman hokimi o'rinbosari S.Xujamiyarov, tuman ma'naviyat bo'linmasi rahbari T.Xushmuratovlar so'zga chiqib, yig'ilganlarga buyuk ajdodimizning boy ijodiy merosi, davlat arbobi vaqtidagi mashaqqatli va sharafli hayot yo'li to'g'risida muhim ma'lumotlar berishdi.
Tadbir davomida buyuk adib ijod namunalaridan parchalar, g‘azal va ruboiylar aytildi, o'quvchilar tomonidan namoyish etilgan ijodiy chiqishlar tadbir ishtirokchilariga yuqori kayfiyat va zavq ulashdi.