Nurobodda aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish bo‘yicha amaliy tajribalar oshirilmoqda
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish to‘g‘risida”gi PF–173-sonli Farmoniga muvofiq, 2026-yil 15-yanvardan 28-fevraliga qadar mamlakatimiz bo‘ylab keng ko‘lamli ro‘yxatga olish ishlari o‘tkazilishi belgilangan.
Mazkur farmon ijrosini ta’minlash maqsadida Nurobod tumanida “mahalla yettiligi” xodimlari uchun ilmiy-amaliy seminar tashkil etildi.
Seminar ishtirokchilari aholini hamda qishloq xo‘jaligi obyektlarini ro‘yxatga olish bo‘yicha belgilangan tartib, metodika va elektron tizimlari bilan tanishdilar.
Seminar davomida amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazilib, ishtirokchilar o‘z mahallalarida nazariy bilimlarini sinovdan o‘tkazish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
Shu tariqa “mahalla yettiligi” vakillarining amaliy tajribalari oshirilib, ularning sohada malakasi mustahkamlanmoqda.




