Nurobod tumanidagi 2-DMTTda “Mehrjon” bayrami
Nurobod tumanidagi 2-son davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida bolajonlar uchun an’anaviy “Mehrjon” bayrami bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda tarbiyalanuvchilar rang-barang sahna chiqishlari, raqslar, qo‘shiqlar va turli o‘yinlar bilan ishtirok etib, o‘z iqtidor va qiziqishlarini namoyon qildi.
Bayramning eng qiziqarli lahzalaridan biri bu — Dehqon boboning tashrifi bo‘ldi.
U bolalarga yerga mehr, tabiatni asrash, mehnatning qadri haqida qiziqarli hikoyalar aytib berdi.
Shuningdek, bolajonlarga urug‘lar, meva-sabzavot namunalari ko‘rsatilib, kichik amaliy tushuntirishlar berildi.
Dehqon boboning samimiy suhbatlari bolalarda katta qiziqish uyg‘otdi.




