Nurobod tumanida yoshlar bilan muntazam uchrashuv va suhbatlar o‘tkazib kelinmoqda
Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish, shuningdek, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish maqsadida Nurobod tumanida yoshlar bilan muntazam uchrashuv va suhbatlar o‘tkazib kelinmoqda.
Bugun Nurobod tumani prokurori J.Abdixakimov tumanning Sarikul mahallasida otaliqqa olingan yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuv davomida mamlakatimizda yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ijtimoiy faollikni oshirish va ma’naviy-axloqiy tarbiyani mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuvda yoshlarga yaqindan ko‘mak berish maqsadida mas’ul o‘qituvchilar, psixologlar hamda tegishli tashkilot vakillari ham ishtirok etishdi.
Suhbatlar chog‘ida yoshlarning o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob berilib, mavjud muammo va takliflar tinglandi hamda ularni ijobiy hal etish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilandi.