Nurobod tumanida vatanparvarlik tadbirlari doirasida turli sport musobaqalari va ko'rgazmali chiqishlar bo'lib o'tdi
Nurobod tumanida vatanparvarlik tadbirlari doirasida turli sport musobaqalari va ko'rgazmali chiqishlar bo'lib o'tdi.
Jumladan, tuman hududida joylashgan 16 va 69-umumta'lim maktablarining yuqori sinf o'quvchilari o'rtasida armrestling, arqon tortish va tosh ko'tarish bo'yicha musobaqalar o'tkazildi.
Ertamiz egalari, yurt himoyachilari bo'lgan yoshlarimizning jismonan barkamol va sog'lom bo'lib voyaga yetishlarini ta'minlashga qaratilgan ushbu harbiy-vatanparvarlik ruhidagi tadbirlar tumanimiz bo'ylab davom etmoqda...