insurez
23-01-2025 18:03

Nurobod tumanida "Uch avlod uchrashuvlari" o'tkazilmoqda


Ayni kunlarda Nurobod tumani bo'ylab nuroniylar, mehnat faxriylari, tuman IIB, faollar va tuman yoshlari ishtirokida "Uch avlod uchrashuvlari" o'tkazilmoqda.

Jumladan, bugun tumanning Jom mahallasida  uzoq yillar davomidagi samarali mehnati bilan tumandagi ma’naviy-ma’rifiy sohalar rivojiga, jamiyat ravnaqiga munosib hissa qo‘shgan nuroniylarning yoshlar bilan uchrashuvi tashkil etildi.

O'tkazilgan samimiy muloqot davomida faxriylar o'zlarining boy hayotiy tajribalaridan kelib chiqqan holda yoshlarga kelajak hayotlarida zarur bo'ladigan tavsiya va maslahatlar bergan holda ularni puxta bilim olishga chaqirishdi.

Yoshlarimizni Vatanga muhabbat, qadriyatlarimiz, urf-odatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalash, hayotda o'zlarining munosib o'rinlarini topishlariga ko'maklashish maqsadida o'tkazilayotgan ushbu tadbirlar yosh avlod tarbiyasida muhim o'rin tutishi, shubhasiz.

Teglar
- -