Nurobod tumanida tadbirkorlar va yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
Ayni kunlarda Nurobod tumani mahallalarida aholi bilan muloqotni tashkil etish va ularning ijtimoiy-iqtisodiy masalalarini hal qilish bo‘yicha Respublika ishchi guruhi viloyatimizda bo‘lib turibdi.
Bugun Nurobod tumani Xalq qabulxonasida Respublika ishchi guruhi a'zolari, Nurobod tumani hokimi M.Buranov va tumandagi ilg'or tadbirkorlar ishtirokida ochiq muloqot o'tkazildi.
Uchrashuv davomida tadbirkorlar o'zlarini qiynab kelayotgan muammoli masalalar yuzasidan murojaat, taklif va tashabbuslarini bildirish imkoniga ega bo'lishdi.
Har bir murojaatga atroflicha e'tibor qaratilib, ularni joyida hal etish, mavjud muammolarni hal qilish bo'yicha aniq vazifalar belgilab olindi.
Bundan tashqari tadbirkorlar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari, imtiyozlar va mavjud imkoniyatlar yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, tuman yoshlari bilan ham uchrashuv tashkil etildi.
Samimiy va ochiq ruhda o'tgan muloqot davomida yoshlarning orzu-umidlari, kelajak rejalari va dolzarb muammolari tinglandi.
Tuman rahbari yoshlarga zamonaviy kasb-hunar va bilimlarni puxta o'rganish, innovatsion g'oyalarni ilgari surish, sport va madaniyat sohalarida faol bo'lish zarurligini ta’kidladi.
Shuningdek, yoshlar tashabbuslarini qo'llab-quvvatlash va ularni har tomonlama rag'batlantirish bo'yicha hokimlik tomonidan muntazam ish olib borilishi qayd etilib, bu borada tegishli chora-tadbirlar belgilandi.