Nurobod tumanida soliqlar va yashirin iqtisodiyotga qarshi kurash bo‘yicha brifing bo‘lib o‘tdi
Bugun Nurobod tuman hokimligida tumanda soliqlarni to‘liq hisobga olish, soliqqa tortish bazasini kengaytirish, yashirin iqtisodiyotga qarshi kurash va byudjetga qo‘shimcha manbalarni aniqlash bo‘yicha 2025-yilning o‘tgan 5 oyida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan Nurobod tumani Davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i Madamin Erkinov ishtirokida brifing bo‘lib o‘tdi.
Brifingda ma’lum qilinishicha, iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti, soliq organlari va boshqa mutasaddi tashkilotlar hamkorligida 2025-yilning yanvar-may oylari davomida tahlillar natijasida jami 17 mlrd 135,7 mln so‘m qayta hisob-kitob qilinib, shundan 13 mlrd 965,6 mln so‘m undirib olingan.
Tadbirkorlikni rivojlantirish va soliqqa tortish
Shu davrda 207 nafar yangi yakka tartibdagi tadbirkor ro‘yxatdan o‘tkazilib, ular tomonidan 103,5 mln so‘m soliqlar undirildi.
218 nafar yakka tartibdagi tadbirkor faoliyati tiklanib, byudjetga 109,5 mln so‘m tushirildi.
114 ta yangi yuridik shaxs ro‘yxatdan o‘tkazilib, ular hisobidan 196,7 mln so‘m soliqlar undirilgan.
Legallashtirish ishlari
Ishchi-xizmatchilarga “konvert”da ish haqi berish va norasmiy ishchilarni aniqlash bo‘yicha 738 nafar fuqaro legallashtirilib, ulardan 365 mln so‘m soliqlar undirildi.
65 nafar tadbirkorga onlayn nazorat-kassa apparati o‘rnatilib, ularning faoliyati qonuniylashtirildi.
Noturar joylarga tuzilgan 78 ta ijara shartnomalari asosida 69,5 mln so‘m daromad solig‘i tushirildi.
Tekshiruvlar natijalari
Onlayn nazorat-kassa apparatidan foydalanmaslik holatlari bo‘yicha o‘tkazilgan 74 ta tekshiruvda jami 360,7 mln so‘m jarima qo‘llanildi.
Soliqqa oid huquqbuzarlik belgilari aniqlangan 10 ta xo‘jalik yurituvchi sub’yektga sayyor tekshiruvlar o‘tkazilib, 40,7 mln so‘m jarima undirilgan.
Brifing davomida shuningdek, tumanda faoliyat yuritayotgan 4 ta bozor:
“Nurobod dehqon bozori” MChJ (STIR: 200778695)
“Kukat bozori” MChJ (STIR: 205626137)
“Jom dehqon bozori TMK” MChJ (STIR: 307472057)
“Yaxshi niyat faravon hayot” MChJ (STIR: 205819354)
haqida ham ma’lumot berildi.
Madamin Erkinov o‘z so‘zida, amalga oshirilayotgan barcha ishlar tumanda soliq intizomini oshirish, byudjet tushumlarini ko‘paytirish va yashirin iqtisodiyotning oldini olishga xizmat qilishini ta’kidladi.