insurez
03-05-2025 10:55

Nurobod tumanida qishloq xo‘jaligi ekinlarini himoya qilish uchun 300 ta zamonaviy purkab dorilagich vositalari tarqatildi


Nurobod tumani qishloq xo'jaligida hosildorlik va ekinlarni himoya qilish borasida muhim qadamlar tashlanmoqda.

Nurobod tumani hokimligi va viloyat Fermer, dehqon xo'jaligi va tomorqa yer egalari Kengashi tomonidan zararli chigirtkalar va boshqa hasharotlarga qarshi samarali kurashish maqsadida 300 ta maxsus purkab dorilagich vositalari tarqatildi.

"Active-16L" rusumidagi ushbu zamonaviy purkab dorilagichlar qishloq xo'jaligi maydonlarida keng qo'llanilishi uchun mo'ljallangan bo'lib, ular orqali ekinlarga zarar yetkazuvchi chigirtkalar va boshqa zararkunandalarga qarshi tezkor va samarali choralar ko'riladi.

Bu jarayon tumandagi barcha qishloq xo'jaligi yerlarining qamrab olinishi va dorilash ishlarining kechiktirilmasdan bajarilishini ta’minlashga qaratilgan.

Teglar
- -