Nurobod tumanida O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati Sh.Tuxtashev o'rganish ishlari olib bormoqda
Avval xabar berganimizdek, (https://t.me/nur_press/35919) Nurobod tumanida O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati Sh.Tuxtashev o'rganish ishlari olib bormoqda.
Bugun Sh.To'xtashev ishtirokida tumanning Ag'ron va Navbahor mahallari faollari, nuroniylar va yoshlar bilan uchrashuv o'tkazildi.
Uchrashuvda aholi turmush farovonligini oshirish, fuqarolar uchun qulaylik va imkoniyatlar yaratish, mahalla infratuzilmasini rivojlantirish, hududlar obodligini ta'minlash masalalari muhokama etilib, aholi muammolarining yechimi yuzasidan kerakli-chora tadbirlar belgilab olindi.
Shuningdek, tumanning Ittifoq mahallasida “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi doirasida qilingan ishlar hamda mahalla yettiligining olib borayotgan faoliyati yuzasidan tahliliy yig'ilish o'tkazilib, unda aholi bandligini ta'minlash, xotin-qizlar ijtimoiy faolligini oshirish, yoshlar bilan ishlash, hududda jinoyatchilik holatlari sodir etilishining oldini olish borasida amalga oshirilgan ishlar batafsil sarhisob etildi.
Uchrashuv yakunida aholini qiynab kelayotgan va yechimini kutayotgan muammoli holatlarning bartaraf etilishi yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va topshiriqlar berilib, Respublika darajasida hal etilishi mumkin bo‘lgan masalalar yuzasidan deputatlik so‘rovlari yuborilishi belgilab olindi.