Nurobod tumanida “Obod xonadon”, “Obod ko‘cha” va “Obod mahalla” Respublika ko'rik-tanlovining tuman bosqichi o‘tkazildi
O‘zbekiston Mahallalari uyushmasi tomonidan e’lon qilingan “Obod xonadon”, “Obod ko‘cha” va “Obod mahalla” Respublika ko‘rik-tanlovining Nurobod tuman bosqichi yuqori saviyada tashkil etildi.
Tadbirda tumandagi barcha mahallalar raislari, nuroniylar, faollar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Tanlov doirasida har bir mahalladan saralangan nomzodlar uch yo‘nalish — “Obod xonadon”, “Obod ko‘cha” va “Obod mahalla” nominatsiyalari bo‘yicha o‘z tashabbuslari, amalga oshirgan bunyodkorlik ishlari hamda hududni obodonlashtirish borasidagi yutuqlarini taqdim etdilar.
Ishtirokchilarning taqdimotlari hakamlar hay’ati tomonidan belgilangan mezonlar asosida xolisona baholab borildi.
Tanlov yakunlariga ko‘ra:
“Obod xonadon” nominatsiyasi bo‘yicha — “Saroy” mahallasi,
“Obod ko‘cha” nominatsiyasi bo‘yicha — “Chortut” mahallasi,
“Obod mahalla” nominatsiyasi bo‘yicha — “Nurbuloq” mahallasi tuman bosqichi g‘olibi deb topildi va viloyat bosqichida ishtirok etish uchun yo‘llanmani qo'lga kiritdi.
G‘oliblar va tanlovda faol ishtirok etgan fuqarolar O‘zbekiston Mahallalari uyushmasi Nurobod tumani bo‘limining diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.




