insurez
02-12-2025 14:21

Nurobod tumanida nikohdan ajrashish ishlarining umumiy tahlili


Joriy yil boshidan 1 dekabr kuniga qadar fuqarolik ishlari bo‘yicha Nurobod tuman sudi tomonidan nikohdan ajratish bilan bog‘lik jami 169 ta fuqarolik ishlari mazmunan ko‘rib tamomlangan.

Mazkur ishlardan 44 ta yoki 26 foiz fuqarolik ishlari bo‘yicha da’vo qanoatlantirilib taraflar nikohdan ajratilgan, 102 ta yoki 60,3 foiz fuqarolik ishlari bo‘yicha da’vo asossiz bo‘lganligi sababli qanoatlantirishdan rad etilgan, 20 ta yoki 11,8 foiz fuqarolik ishlari bo‘yicha da’vo arizalar ko‘rmasdan qoldirilgan (shundan, 5 tasi ishni o‘zining ishtirokisiz muhokama qilishni iltimos qilmagan taraf ikkinchi chaqiruv bo‘yicha ham uzrli sabablarsiz sudga kelmaganligi, 7 tasi xotini homilador bo‘lgan vaqtda yoki bola tug‘ilganidan keyin bir yil davomida er xotinining roziligisiz nikohni bekor qilish to‘g‘risida da’vo taqdim etganligi sababli va 8 tasi da’vogar tomonidan arizani ko‘rmasdan qoldirish to‘g‘risida ariza berilganligi, ya’ni taraflar yarashganligi sababli), 3 ta yoki 1,9 foiz fuqarolik ishlari bo‘yicha sud ajrimi bilan ish yuritishdan tugatilgan (shundan, 2 tasi ish sudga taalluqli bo‘lmaganligi va 1 ta ish bo‘yicha taraflardan biri bo‘lgan fuqaroning vafotidan so‘ng nizoli huquqiy munosabat huquqiy vorislikka yo‘l qo‘ymaganligi asosi bilan).

Ushbu toifadagi 25 ta yoki 14,8 foiz ishlar bo‘yicha Nurobod tuman hokimligi Oila va xotin-qizlar bo‘limi hamda taraflarning yashash joyidagi mahalla fuqarolar yig‘iniga xususiy ajrim yuborilib, taraflarning oilasini saqlab qolishga mas’uliyat bilan yondashish hamda ularni yarashtirish choralarini ko‘rish talabi qo‘yilgan.

Shuningdek, 8 ta yoki 4,7 foiz shu mazmunda ko‘rilgan fuqarolik ishlari bo‘yicha sud majlisida taraflar o‘rtalarida doimiy ravishda urush-janjallar bo‘lib kelganligini bildirganliklari bois tuman Ichki ishlar bo‘limiga xabarnomalar yuborilib, kelgusida oilalarda noxush holatlar ya’ni huquqbuzarlik yoki jinoyat sodir bo‘lmasligi uchun vakolat doirasida tegishli tartibda er-xotinlar bilan profilaktik suhbat(tadbir)lar o‘tkazish so‘ralgan.

Bundan tashqari, 1 ta huquqiy targ‘ibot ishlari (“Nurobod” gazetasida “1 yoshga to‘lmagan bola bo‘lganda ajrashish uchun ariza berish foydasiz” nomli maqola e’lon qilingan) amalga oshirilgan.

 

Fuqarolik ishlari bo‘yicha
Nurobod tumani sudi raisi      
S.U.Kuliyev

Teglar
- -