Nurobod tumanida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari o‘rganilmoqda
Nurobod tuman prokurori J.Abdixakimov tomonidan tumandagi ko‘p qavatli uylar hamda ijtimoiy soha obyektlarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi.
O'rganishlar davomida ko‘p qavatli uylarning yerto‘la va tom qismlari, shuningdek, umumta’lim maktablari ko‘zdan kechirilib, mas’ullar tomonidan amalga oshirilgan ishlar yuzasidan ma'lumotlar berildi.
Aniqlangan muammo va kamchiliklarni qisqa muddatda bartaraf etish bo‘yicha mas’ullarga tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.
Mazkur ishlar tumanda kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish hamda aholining xavfsiz va tinch hayot kechirishlari uchun zarur sharoitlar yaratishga qaratilgan.