insurez
21-11-2025 16:16

Nurobod tumanida "Huquqiy-ma'rifiy bilimdon" Respublika tanlovining tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi


Bugun Nurobod tumanidagi umumiy o‘rta ta’lim maktablarining o‘quvchilari o‘rtasida “Huquqiy-ma'rifiy bilimdon” Respublika tanlovining tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Tanlov o‘quvchilarning huquqiy bilimlarini oshirish, jamiyatdagi qonuniylik tushunchasini rivojlantirish va yoshlarni huquqiy ma’rifatga yo‘naltirish maqsadida tashkil etildi.

🏆 Tanlov natijalariga ko'ra 1-o‘rinni 10-umumiy o‘rta ta’lim maktabi jamoasi, 2-o‘rinni 46-umumiy o‘rta ta’lim maktabi jamoasi va 3-o‘rinni 40-umumiy o‘rta ta’lim maktabi jamoasi qo'lga kiritdi.

Tanlov ishtirokchilari va g‘oliblariga diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Mazkur tanlov nafaqat yoshlarning huquqiy bilimini oshirishga, balki ularni mas’uliyatli va intiluvchan shaxslar sifatida tarbiyalashga xizmat qiladi.

Teglar
- -