Nurobod tumanida ekologik tozalikni ta’minlashga qaratilgan yig‘ilish o‘tkazildi
Nurobod tumanida Ichki ishlar vazirligining Respublika ishchi guruhi ishtirokida muhim yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig'ilshning maqsadi tumanimiz hududlarida ekologik holatni yaxshilash hamda maishiy chiqindilarga oid sanitariya qoidalariga rioya etilmaslik holatlariga qat’iy chek qo‘yishdan iboratdir.
Yig‘ilishda tuman IIB, Milliy gvardiya, tuman obodonlashtirish boshqarmasi, ekologiya bo‘limi, sanitariya-epidemiologiya osoyishtaligi va jamoat salomatligi bo‘limi mas`ullari ishtirok etdi.
Unda mavjud muammolar muhokama qilinib, chiqindilarni to‘plash, tashish va utilizatsiya qilish tizimini yaxshilash, aholi o‘rtasida ekologik madaniyatni oshirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilab olindi.
Yig‘ilish yakunida tumanda tozalikni ta’minlash, chiqindilarni tartibsiz tashlash holatlariga yo‘l qo‘ymaslik, har bir tashkilot va fuqarolarning mas’uliyatini oshirish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.




