Nurobod tumanida “Biz zo‘ravonlikka qarshimiz” mavzusida oʻquv-seminar o‘tkazildi
Nurobod tumani Oila va xotin-qizlar bo‘limi hamda Nurobod tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi hamkorligida MMTBga qarashli umumiy o‘rta ta’lim maktablarining psixologlari ishtirokida “Zo‘ravonlikka qarshi 16 kun” aksiyasi doirasida “Biz zo‘ravonlikka qarshimiz” mavzusida oʻquv seminari tashkil etildi.
Mazkur tadbirning asosiy maqsadi yoshlar o‘rtasida turli ko‘rinishdagi zo‘ravonlik holatlarining oldini olish, o‘quvchilarni ogohlikka chaqirish va ularda sog‘lom ijtimoiy muhitni shakllantirishdan iborat bo‘ldi.
Seminar davomida ishtirokchilar zo‘ravonlikning turlari, ularning oqibatlari hamda bunday holatlarning oldini olish bo‘yicha tavsiyalar bilan tanishtirildi.
Tadbir yakunida faol, tashabbuskor va fidokor psixologlar tashkilotchilar tomonidan tashakkurnoma hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.




