insurez
24-11-2025 14:25

Nurobod tumanida aholining moliyaviy savodxonligini oshirish bo‘yicha davra suhbati tashkil etildi


O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan tijorat banklari bilan hamkorlikda Nurobod tumanida aholining moliyaviy savodxonligini oshirishga qaratilgan davra suhbatlari o‘tkazildi. Tadbirda xotin-qizlar, yoshlar, tadbirkorlik faoliyatini boshlayotgan fuqarolar hamda mahalla faollari keng ishtirok etdi.

Mazkur tadbirning asosiy maqsadi — fuqarolarni moliyaviy jihatdan ongli qaror qabul qiladigan, o‘z moliyaviy imkoniyatlarini to‘g‘ri baholay oladigan, byudjet tuzish, tejash, sarmoya kiritish va kreditlardan mas’uliyat bilan foydalanish ko‘nikmalariga ega bo‘lgan shaxslar sifatida shakllantirishdan iborat.

Davra suhbatlari davomida quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha interfaol muloqotlar olib borildi:
ijobiy kredit tarixini shakllantirish va mas’uliyatli qarz olishning ahamiyati;
bank omonatlari orqali jamg‘arma yaratish va foizlar hisob-kitobi;
raqamli moliyaviy savodxonlik va elektron to‘lovlar xavfsizligi;
tadbirkorlikni boshlayotganlar uchun imtiyozli kreditlar hamda moliyaviy qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari;
kredit tashkilotlari bilan shartnoma tuzishda iste’molchi huquqlarini himoya qilishning asosiy qoidalari.

Tadbirda Nurobod tumanining 150 nafar mahalla faollari, tadbirkorlikni endigina boshlayotgan ayollar, 60 nafar yoshlar vakillari va ularning oila a’zolari faol qatnashdi.

Bank sohasida tajribaga ega mutaxassislar ishtirokchilarga kundalik hayotda uchrashi mumkin bo‘lgan moliyaviy muammolarning amaliy yechimlari bo‘yicha maslahatlar berdi.

Teglar
- -