Nurobod tumani Xalq qabulxonasida fuqarolar qabuli o‘tkazildi
Bugun Nurobod tumani Xalq qabulxonasida tuman hokimi M.Buranov tomonidan navbatdagi fuqarolar qabuli o‘tkazildi. Unda tuman hokimi o‘rinbosarlari, tegishli tashkilot va muassasalar rahbarlari, shuningdek, murojaat bilan kelgan fuqarolar ishtirok etdi.
Qabul jarayonida fuqarolar tomonidan “Yashil makon” loyihasi uchun yer ajratish, ta’lim kreditini rasmiylashtirish, ichki yo‘llarni ta’mirlash, kadastr hujjatlari bilan bog‘liq masalalar, gaz va elektr ta’minoti, bandlikni ta’minlash, sog‘liqni saqlash xizmatlari, ijtimoiy yordam olish hamda kommunal xizmatlar bo‘yicha bir qator murojaatlar bildirildi.
Tuman rahbari har bir murojaatni alohida ko‘rib chiqib, mas’ul tashkilot rahbarlariga aniq topshiriq va ko'rsatmalar berdi.
Murojaatlarda ko‘tarilgan masalalarni o‘z vaqtida va sifatli hal etish bo‘yicha mutasaddilarga amaliy choralar ko‘rish vazifasi yuklatildi.




