Nurobod tumani Xalq qabulxonasida fuqarolar murojaatlari tinglandi
Bugun Nurobod tumani Xalq qabulxonasida navbatdagi fuqarolar qabuli o‘tkazilib, unda tuman hokimining o‘rinbosarlari, tumandagi korxona va tashkilot rahbarlari hamda mas’ul mutasaddilar ishtirok etishdi.
Qabul davomida fuqarolar tomonidan issiqlik ta’minoti va kommunal xizmatlarni yaxshilash, ichki yo‘llarni asfaltlash, kadastr hujjatlarini olish, elektr energiyasiga ulanish, gaz bosimini barqarorlashtirish, bandlik masalalari, tibbiy xizmatdan foydalanish, ijtimoiy yordam olish, pensiya tayinlashda amaliy yordam hamda aliment undirish kabi dolzarb murojaatlar bildirildi.
Shuningdek, “Yashil makon” dasturi doirasida yangi bog‘lar barpo etish, o‘rmon xo‘jaligi faoliyatini rivojlantirish, yangi bolalar bog‘chasi ochish bo‘yicha tashabbuslar ham ilgari surildi.
Har bir murojaat bo‘yicha mas’ullar biriktirilib, masalalarni qonunchilik doirasida hal etish bo'yicha tegishli chora-tadbirlar belgilandi.




