insurez
26-11-2025 20:16

Nurobod tumani tashkil etilgan kun keng nishonlandi


Nurobod tumani tashkil etilgan kun munosabati bilan tumanda keng ko‘lamli madaniy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazildi. Bayram dasturi doirasida sportning futbol, stol tennisi, shaxmat hamda o‘zbek jang san’ati turi bo‘yicha musobaqalar tashkil etilib, yoshlar va sport ixlosmandlari faol ishtirok etishdi.

Shu bilan birga, tumandagi yoshlar uchun bayram konsert dasturi tashkil etilib, unda umidli yosh san’atkorlarimizning jonli ijrolari, kuy-qo‘shiqlari, shuningdek musiqa va san’at maktabi tarbiyalanuvchilarining jozibali raqslari tomoshabinlarga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.

Mazkur tadbirlar Nurobod tumani tarixining 50 yillik sahifasiga munosib bayramona ruh qo‘shib, aholi, ayniqsa yoshlar qalbida faxr va g‘urur tuyg‘ularini yanada mustahkamladi.

Teglar
- -