insurez
27-11-2025 16:41

Nurobod tumani Sharq yulduzi mahallasidagi Madaniyat guzarida “Salomatlik yo‘lagi” qurilishi boshlandi


Bugun Nurobod tumani Sharq yulduzi mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi Madaniyat guzarida aholining tashabbusi va hamjihatligi bilan “Salomatlik yo‘lagi” qurilish ishlari boshlandi.

Mazkur yo‘lak hashar yo‘li bilan barpo etilayotgani aholining faolligi va mahallaning ravnaqi yo‘lida birlashganligini yaqqol namoyon etmoqda. 
Hashar jarayonida mahalla faollari, nuroniylar, yoshlar hamda ko‘ngilli fuqarolar birdek qatnashib, hududni obodonlashtirish, aholi uchun qulay sharoit yaratishga intilmoqda.

“Salomatlik yo‘lagi”ning barpo etilishi aholining sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash, mahalla hududini yanada chiroyli va ozoda qilishga xizmat qiladi.

Madaniyat guzari atrofidagi infratuzilma bosqichma-bosqich yangilanib, aholi uchun piyoda yurishi, sport bilan shug‘ullanishi va sayr qilishiga mo‘ljallangan zamonaviy yo‘lak yaratilib, aholining kundalik hayotiga qulayliklar olib kiradi.

Teglar
- -