Nurobod tumani mahallalarida amalga oshirilayotgan xatlov ishlari holati o'rganildi
Bugun Nurobod tumani hokimi o'rinbosari S.Xujamiyarov, tuman yoshlar ishlari bo'limi boshlig'i A.Ziyatovlar tumanning Po'latchi mahallasida bo'lib, mahalla yoshlari orasida o'tkazilayotgan xatlov jarayonlarining borishi bilan tanishishdi.
Bunda "Yoshlar balansi"ni shakllantirish yuzasidan hududda yoshlar yetakchisi tomonidan amalga oshirilgan xatlov ishlari holati o'rganildi.
Shuningdek, xonadonbay o'rganishlar ham olib borilib, yoshlar tomonidan bildirilgan taklif va tashabbuslar, yo'llangan murojaatlar tinglandi hamda ularning ijrosi yuzasidan kerakli chora-tadbirlar belgilandi.