insurez
20-01-2026 19:27

Nurobod tumani hokimligida ijro intizomi va murojaatlar ijrosi muhokama qilindi


Bugun Nurobod tumani hokimligida ijro intizomi va murojaatlar ijrosi masalalariga bag‘ishlangan muhokama yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda tuman hokimi o‘rinbosarlari, hokimlik apparati xodimlari ishtirok etishdi.

Yig'ilish davomida tuman hokimining fuqarolar qabullarida bildirgan murojaatlari ijrosi, tuman hokimligi va tegishli tashkilotlarda ijro intizomining holati, shuningdek, fuqarolardan kelib tushayotgan murojaatlar hamda hujjatlar bilan ishlash tartibi tanqidiy ruhda batafsil muhokama qilindi.

Shu bilan birga, elektron hujjat aylanish tizimlaridan foydalanish holati tahlil etilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga aniq vazifalar va topshiriqlar berildi.

Yig‘ilishda barcha rahbarlardan ijro intizomini yanada mustahkamlash, fuqarolar murojaatlari bilan ishlashda mas’uliyatni kuchaytirish, har bir masalaga qonunchilik talablariga qat’iy amal qilgan holda yondashish zarurligi alohida ta’kidlandi.

Teglar
- -