Nurobod tumani hokimligi apparat xodimlari ishtirokida navbatdagi “Siyosiy-ma’rifat soati” bo‘lib o‘tdi
Mazkuro'quv soatida mamlakatimizda olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari, Prezidentimiz tomonidan qabul qilinayotgan farmon va qarorlarning mazmun-mohiyati hamda ularning joylarda ijrosini samarali tashkil etish masalalariga bag‘ishlandi.
O‘quv mashg‘ulotida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish, qonun ustuvorligini ta’minlash, fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan chora-tadbirlar atroflicha muhokama qilindi.
Shuningdek, xodimlarning siyosiy-huquqiy bilimlarini yanada oshirish, ularda Vatanparvarlik, mas’uliyat va tashabbuskorlik tuyg‘ularini mustahkamlash, ma’naviy-ma’rifiy saviyasini yuksaltirishga alohida e’tibor qaratildi.
Tadbir davomida davlat xizmatchilarining xizmat faoliyatida odob-axloq me’yorlariga rioya etishi, aholiga murojaatlarini e'tiborsiz qoldirmaslik masalalari ham muhim yo‘nalish sifatida ta’kidlandi.




