Nurobod tumani hokimi hududdagi past narxlarda sotilgan davlat mulk obyektlari faoliyati bilan tanishdi
Bugun Nurobod tumani hokimi M.Buranov, tuman prokurori J.Abdihakimov mutasaddi xodimlar ishtirokida tuman hududida joylashgan baholangan narxidan past qiymatlarda xususiylashtirilgan davlat ko‘chmas mulk obyektlari faoliyati bilan tanishdi.
O'rganishlar davomida davlat mulki hisobidan xususiy sektor tasarrufiga o‘tgan obyektlardan samarali foydalanish, investitsiya majburiyatlarini bajarilishi ko'zdan kechirildi.
Sotib olingan mulklarda belgilangan ishlar hali ham boshlab yuborilmagani, infratuzilma yaratilmagani, iqtisodiy faoliyat ko‘rsatmayotgani, belgilangan investitsiya majburiyatlari va yangi ish o‘rinlari yaratish rejalari bajarilmagani tanqid qilinib, mulk egalari belgilangan muddatlarda faoliyatini yo‘lga qo‘ymasa, qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda choralar ko‘rilishi haqida ogohlantirildi.