Nurobod tumani Arxitektura va qurilish hamda kommunal xizmat ko'rsatish bo'limi boshlig'i ishtirokida matbuot anjumani o'tkazildi
Nurobod tuman hududida umumiy 104 ta ko‘p qavatli uy-joylarda 2348 ta xonadon mavjud bo‘lib, shundan 8 tasi 5 qavatli, 83 tasi 4 qavatli, 7 tasi 3 qavatli, 6 tasi 2 qavatli ko‘p xonadonli uy-joylardan iborat.
Mahallalar kesimida ko‘p qavatli uylar quyidagicha:
“Navro‘z” MFY da – 41 ta ko‘p qavatli uy (1132 ta xonadon)
“A.Temur” MFY da – 39 ta ko‘p qavatli uy (844 ta xonadon)
“Sharq Yulduzi” MFY da – 21 ta ko‘p qavatli uy (340 ta xonadon)
“Nurbuloq” MFY da – 2 ta ko‘p qavatli uy (32 ta xonadon)
Tumanimizdagi aksariyat ko‘p qavatli uylar Nurobod shahri hududida joylashgan bo‘lib, hududdagi 99 ta ko‘p kvartirali uy-joylar markazlashgan, ichimlik suvi, oqova suv tarmoqlariga ulangan, shundan 90 ta ko‘p kvartirali uy-joylar markazlashgan issiqlik va issiq suv tarmog‘iga ulangan, 10 ta yangi loyihadagi ko‘p kvartirali uy-joylar individual isitish tizimlariga ega.
“Nur sifat kommunal xizmati” Boshqaruv servis kompaniyasi tomonidan joriy yilda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha quyidagi ishlar amalga oshirildi:
Xususan:
- A.Temur MFY Mustaqillik ko‘chasi 37-sonli ko‘p qavatli uy-joyning 1 100 kv.m tom qismi hamda 4 ta kirish yulaklari mukammal ta’mirlandi. 4 ta yangi kodli qulfli temir eshiklar o‘rnatildi.
- A.Temur MFY Mustaqillik ko‘chasi 51-sonli ko‘p qavatli uy-joyning 420 kv.m tom qismi joriy ta’mirlandi.
- A.Temur MFY Spitamen 1, 3, 5, 7, 9, sonli xamda, Baraka 4, 6, 8, 10, sonli ko‘p qavatli uy-joylarning 1 800 kv.m yulaklarida betonlash ishlari amalga oshirildi.
- A.Temur MFY Spitamen ko‘chasi 6-sonli ko‘p qavatli uy-joyning 330 kv.m tom qismi mukammal ta’mirlandi.
- Navro‘z MFY Gʻalaba ko‘chasi 2-sonli ko‘p qavatli uy-joyning 1 ta kirish yulagi mukammal ta’mirlandi. 1 ta yangi kodli qulfli temir eshik o‘rnatildi.
- Navro‘z MFY Gʻalaba ko‘chasi 24-sonli ko‘p qavatli uy-joyning 1 ta kirish yulagi mukammal ta’mirlandi. 1 ta yangi kodli qulfli temir eshik o‘rnatildi.
- A.Temur MFY Baraka, Spitamen, Mustakillik ko‘chasidagi uy-joylarning 22 ta tashqi yortish tizimi ta’mirlanib yangisiga almashtirildi.
- Sh.Yulduzi MFYda 2 ta ko‘p qavatli uy-joyning 660 kv.m tom qismi hamda 2 ta kirish yulaklari mukammal ta’mirlandi. 2 ta yangi kodli qulfli temir eshiklar o‘rnatildi.
- Sh.Yulduzi MFY Yoshlik, Gulzor, Al-Buxoriy ko‘chasidagi uy-joylarning 20 ta tashqi yortiish tizimi ta’mirlanib yangisiga almashtirildi.
- Navruz MFY Bobur, Mustakillik, Gʻalaba, Yoshlar ko‘chasidagi uy-joylarning 58 ta tashqi yoritish tizimi ta’mirlanib yangisiga almashtirildi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvardagi “2025 yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi №1-son qarorining 5-ilovasi tegishli bandalarini ijrosi bo‘yicha A.Temur mahallasidagi Mustaqillik ko‘chasi 5-sonli, 47-sonli, 53-sonli ko‘p kvartirali uy-joylar, A.Navoiy ko‘chasi 10-sonli, Sharq Yulduzi mahallasi Al-Buhoriy ko‘chasi 4 hamda 8-sonli, Navro‘z mahallasi
Nurli obod ko‘chasi 1 hamda 8-sonli, Mustaqillik ko‘chasi 4 hamda 10-sonli ko‘p kvartirali uy-joylarga PTZ kuzatuv kameralari o‘rnatildi.
Huddi shuningdek ushbu qarorning 5-ilovasi tegishli bandalarini ijrosi bo‘yicha A.Temur mahallasidagi Mustaqillik ko‘chasi 47-sonli, Navro‘z mahallasidagi Nurli obod ko‘chasi 3, 4, 5, 6, 7, 8-sonli ko‘p kvartirali uy-joylarning kirish eshiklariga kodli qulfli domofon moslamalari o‘rnatildi.
Bundan tashqari “Nur sifat kommunal xizmati” Boshqaruv servis kompaniyasi tomonidan doimiy ravishda ko‘p qavatli uy-joylarning tutash hududlari tozalanib, mavsum davomida daraxtlarni oqlash hamda hududni chiqindilardan tozalash ishlari doimiy ravishda olib borilmoqda.
2025-yilda “Nur sifat kommunal xizmati” Boshqaruv Servis Kompaniyasi tomonidan 8 ta ko‘p qavatli uyning 2600 kv.metr tom qismi mukammal ta’mirlandi, 6 ta ko‘p qavatli uyning kirish yulaklari mukammal ta’mirlandi, 4 ta ko‘p qavatli uy-joylarning 600 kv.m yulaklarini betonlash hamda ta’mirtalab ko‘p qavatli uy-joylarning yerto‘la va uy ichidagi muhandislik tarmoqlari ta’mirlandi.
Bugungi kunda aholiga qulaylik yaratish maqsadida “Mening uyim” billing tizimi ishga tushirilgan, mulkdorlar uyidan chiqmasdan turib, majburiy badal to‘lovlarini “Paynet”, “Payme”, “Apelsin”, “Upay”, “Slick” ilovalari orqali onlayn amalga oshirishlari mumkin.
Boshqaruv Servis Kompaniyasi tomonidan 24 soat mobaynida faoliyat yuritadigan dispetcherlik va avariya vaziyatlarini bartaraf etish xizmati yulga quyilgan. Ushbu dispetcherlik xizmatining telefon raqami quyidagicha:
+99893 224-43-00
Ushbu sohadagi muammo va kamchiliklarga to‘xtaladigan bo‘lsak, tumanimizdagi aksariyat ko‘p qavatli uy-joylar 1960-yillardan 1991-yilgacha qurilgan ko‘p qavatli uy-joylar hisoblanadi. Shu munosabat bilan ayrim ko‘p qavatli uy-joylarning tom qismlarida, yerto‘la va uy ichki oqova, ichimlik suv va issiqlik va issiq suv tarmoqlarida muammolar mavjud.
Yuqorida aytib o‘tilgan muammo va kamchiliklarni inobatga olib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-iyundagi PQ-5152-sonli qaroriga asosan, tumanimiz hududidagi barcha ta’mirga muxtoj ko‘p qavatli uy-joylar bosqichma-bosqich ta’mirlash rejasiga kiritilgan.