insurez
28-04-2025 15:03

Nurobod tumani 50-son umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchilari Samarqand shahridagi tarixiy va diqqatga sazovor joylarga sayohat qilishdi


Nurobod tumani 50-umumiy o‘rta ta’lim maktabining yuqori sinf o‘quvchilari Samarqand shahrida joylashgan tarixiy obidalar va diqqatga sazovor manzillarga sayohat qilishdi.

Sayohat davomida o‘quvchilar Samarqandning qadimiy tarixidan so‘zlovchi me’moriy yodgorliklar, madaniy meros obidalari bilan yaqindan tanishdilar.

Ushbu sayohatning asosiy maqsadi — yosh avlodni milliy qadriyatlarimiz, tarixiy merosimiz bilan yaqindan tanishtirish, ular qalbida vatanparvarlik va tarixga hurmat tuyg‘usini shakllantirishdan iboratdir. 

Bunday tadbirlar yoshlar tarbiyasida, ularning yurtga sadoqatli, bilimli avlod bo‘lib yetishishida katta ahamiyat kasb etadi.

Teglar
- -