Nurdum mahallasi aholisi bilan uchrashuv bo'lib o'tdi
Nurobod tumani hokimi o‘rinbosarlari, tumandagi korxona va tashkilot rahbarlari Nurdum mahallasi aholisi bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda mahalla aholisi tomonidan yo‘l ta’miri, elektr energiyasi, gaz ta’minoti, ichimlik suvi, kadastr, ijtimoiy himoya hamda tibbiy yordam ko‘rsatish kabi dolzarb masalalar ko‘tarildi.
Har bir murojaat tegishli mutasaddilar tomonidan o‘rganilib, qonuniy tushuntirishlar berildi. Muammolarni ijrosini ta’minlash yuzasidan chora-tadbirlab belgilandi.