insurez
23-10-2025 22:17

Nurbuloqda yangi yashil park tashkil etish va tibbiyot turizmini rivojlantirish bo‘yicha istiqbolli loyihalar amalga oshiriladi


Bugun Nurobod tumani hokimi M.Buranov, “Info Capital Group” kompaniyasi mutaxassislari, viloyat va tuman tashkilotlari mas’ullari ishtirokida Nurbuloq shaharchasida amalga oshirilayotgan bunyokorlik loyihalari joyiga chiqqan holda o‘rganib chiqildi. 

O'rganishlar davomida hududda yashil park tashkil etish, tibbiyot turizmini rivojlantirish, mahalliy aholi hamda davolanish va dam olish maqsadida tashrif buyuruvchi sayyohlar uchun qulay sharoitlar yaratish masalalari muhokama qilindi.

Loyiha doirasida “Master reja” asosida zamonaviy yashil park barpo etilishi rejalashtirilgan.
Ushbu maskanda dam oluvchilar uchun salomatlik yo‘laklari, attraksionlar, ovqatlanish shoxobchalari hamda xizmat ko‘rsatish majmualari qurilishi ko‘zda tutilgan.

Shuningdek, Nurbuloq shaharchasida xavfsiz transport harakatini yo‘lga qo‘yish maqsadida asosiy va ichki yo‘llar ta’mirlanadi, ularning atrofiga daraxtlar ekilib, keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlari amalga oshiriladi.

Davolanish va salomatligini tiklash maqsadida tashrif buyuruvchi mehmonlarga yuqori sifatli tibbiy va servis xizmatlarini ko‘rsatish tizimini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ham aniq chora-tadbirlar ishlab chiqildi.

Nurbuloqda tibbiyot turizmini rivojlantirish, xizmat ko'rsatish ko'lamini kengaytirish hamda Nurbuloqning tabiiy salohiyatidan samarali foydalanish borasidagi ustuvor vazifalar belgilab olindi. 
Shu bilan birga, tegishli mas’ullarga ularni amalga oshirish yuzasidan aniq topshiriqlar berildi.

Mazkur tashabbus Nurobod tumanining iqtisodiy salohiyatini oshirish, aholi farovonligini ta’minlash hamda hududni mamlakatimizning eng jozibador sog‘lomlashtirish va dam olish maskanlaridan biriga aylantirishga xizmat qiladi.

Teglar
- -